Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi Hindiston Texnik-iqtisodiy hamkorlik o'quv dasturlari (ITEC) doirasida 2018-2019 yy. uchun tashkil etilgan trening dasturlarida ishtirok etish uchun taklif etadi

25.05.2018

I. Nomzodlar:       

-   25-45 yoshda bо‘lishi;

-   Ingliz tilini bilishi;

-   Talab etilgan kvalifikatsiyaga ega bо‘lishi va o‘quv kursining yо‘nalishlariga mos kelishi;

-   Ishtirokchilar anketani onlayn tarzda to'ldirishlari va asl nusxasini institutning Xalqaro aloqalar bo'limiga olib kelishlari kerak.

 

II. Grant quyidagi xarajatlarni o’z ichiga oladi:

1. Oylik stipendiya 25000 rupiy (unga ovqatlanish va chо‘ntak xarajatlari kiradi);

2. О‘qish Hindiston hukumati tomonidan tо‘lanadi;

3. Kitoblar xaridi uchun 5000 rupiy;

4. Yotoqxona yoki mehmonxonaga Hindiston hukumati institutlarga qarab joylashtiradi (faqat ishtirokchilarning shaxsiy xarajatlari, ya’ni nomer xizmati, kir yuvdirish, shahar ichidagi yoki xalqaro qо‘ng‘iroqlar, faks va boshqalar uchun о‘zlari mas’uldirlar);

5. О‘quv kursi davomida bepul Hindiston vizasi;

6. Xalkaro aviabilet tо‘lovlari (borish­­­ –kelish,ekonom klass);

7. Faqat tez tibbiy yordam kо‘rsatiladi;

8. Dastur doirasiga ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar ham kiritilgan.

Stipendiya xaqidagi qo’shimcha va batafsil ma’lumot uchun:

www.itecgoi.in

Xujjatlar kurs boshlanishidan 4 oy oldin topshirilishi lozim.