Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!

27.08.2018

 

Aziz ustozlar, qadrli talabalar, xalqimizning g’urur-iftixori bo’lgan mustaqilligimizning 27 yilligini nishonlashdek ulkan baxtga, hammamizni yana bir bor yetkazdi.. Tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz o’zining shahdam qadamlari bilan ilgarilab dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan yelkama yelka odimlamoqda. Bunday navqiron yoshda esa qadamlarimiz yanada shahdam bo’lishiga har birimiz o’z hissamizni qo’shaylik.

Barchangizni eng ulug’, eng aziz bayramimiz bo’lmish Mustaqillik bayrami hamda yangi o’quv yilining boshlanishi bilan institut ma’muriyati qizg’in tabriklaydi. Har birimizning honadonimizni osoyishtalik, quvonch va salomatlik hech qachon tark etmasin. Mustaqillik shodiyonalari muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar!

Rektor Sh. A. Mutalov