ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!! TAYYORLOV KURSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

10.05.2019

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutida Belorussiyaning Mogilyov Davlat oziq-ovqat universiteti (MGUP) bilan xamkorlikda ikki tomonlama tan olinadigan “qo‘sh diplom” (“Double degree”) tizimida “2+2” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.

“2+2” “qo‘sh diplom” asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

5321000 Oziq-ovqat texnologiyasi (funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi)

(non, makaron va qandolat maxsulotlari)

(50 nafar talaba)

 

5320300 Texnologik mashina va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)

(50 nafar talaba).

 

O‘qish kontrakt-to‘lov asosida 2 ta OTMda tashkil etiladi: birinchi 2 kursda – TKTIda, 3-4 kursda – Belorussiyaning MGUPda. O‘qishga kirish imtixonlari ikki tomonlama kelishuv orqali amalga oshiriladi.

Bitirgan talaba ikkita - Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Mogilyov davlat oziq-ovqat universiteti “bakalavr” diplomlariga ega bo‘ladi.

Ushbu dastur asosida kirish imtihonlariga tayyorlov kurslari 2019 yilning may oyidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘z faoliyatini boshlamoqda.

Tayyorlov kurslari (rus tilida):

- Kimyo;

- Rus tili.

Tayyorlov kurslari boshlanish vaqti:

2019 yil 13 may.

Soat: 14:00

 

Manzil:

A.Navoiy – 32 uy, 303-xona.

 

Ma’lumot uchun:

TKTI qoshidagi MOT markazi, Telefon: +998-71-244-79-28

 

Ro‘yhatdan o‘ting.

Barcha xohlovchilarni tayyorlov kurslariga taklif qilamiz!