ƠZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ƠRTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMЁ-TEXNOLOGI INSTITUTI

14.06.2019

Axborot xati

        Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli Farmoyishi xamda Ơzbekiston Respublikasi oliy va ơrta maxsus  ta'lim Vazirligini 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyruği  bilan tasdiqlangan “Ơzbekiston Respublikasida  2019 yilda xalqaro va respublika mikёsida ơtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga muvofiq   2019 yil  20-21 noyabrda «Kimё, neft-gazni  qayta ishlash xamda  oziq-ovqat sanoatlari  innovasion  texnologiyalarini dolzarb muammolari» mavzusida  Respublika  miqyosidagi  ilmiy-texnikaviy anjuman  ơtkazilishi rejalashtirilgan.

                        

   Anjumanda ma'ruzalar quyidagi shơ'balar bơyicha ơtkaziladi:

1.    Ta'limda innovasiyalar, sanoat iqtisodiyoti va  sifat menejmenti

2.    Organik va   yuqorimolekulali  birikmalar texnologiyasi va ular asosidagi materiallar

3.    Neft-gazni  qayta ishlash texnologiyasi

4.    Noorganik moddalar texnologiyasi    

5.    Xavfsiz oziq-ovqat va don  mahsulotlari  texnologiyasi, biotexnologiya;

6.    Kimyo sanoati ishlab chiqarish korxonalarining    ekologiyasi

 

Ma'ruza matnlarini rasmiylashtirishga qơyiladigan  talablar

       Konferensiyada   ishlab chikarish mutaxassislari, Oliy va Ơrta ta'lim professor-ơqituvchilari, ilmiy xodimlari, tayanch doktorantura doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va talabalar katnashishlari mumkin. Ma'ruza matnlari  joriy yilning 30  sentyabrga  qadar qabul qilinadi. Matnlar 1  ekz. qoğoz va  elektron variantlarida  bơlishi lozim.  Ma'ruza hajmi A4 formatida  1-2 tơliq betdan iborat  bơlib, ơzbek yoki  rus  tillarida, ingliz tilidagi matnlar   ruscha  yoki ơzbekcha (resenzent uchun) tarjimasi bilan, WORD   redaktorini  6.0 va undan  yuqori versiyasida,  Times New Roman tilida,  12 shrift,  qatorlar orasi 1 intervalda,  tơrt tomonidan 20 mm  qoldirilgan bơlishi lozim. Rasmlar  jamlashtirilgan holda bơlishi kerak. Taqdim  etilayotgan ma'ruza   versiyasini fayl  nomiga  mualliflar familiyasi yoziladi. 

      Ma'ruza nomi katta harflar bilan ơrtaga ёziladi, keyingi qatorga mualliflar  familiyasi,  kontakt uchun telefon va e-mail,  keyingi qatorga muassasa  nomi (institut kafedra),  1  intervaldan keyin ma'ruza matni  yoziladi. 

Ma'ruzadagi material  yangi va ilmiy  bơlishi lozim. Referativ tarzdagi maqolalar qabul qilinmaydi.

        OvaƠMTVning  205-sonli va institutning 213-sonli buyruğlariga binoan:

-anjuman doirasida nashr  etiladigan maqolalar tơplamiga kiritiladigan maqolalarning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolarini  echimiga yơnaltirilganligi, shunindek maqolalarga qơyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltirilgan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga  e'tibor qaratilsin (mas'ullar - makolalar mualliflari).

       

1 maqolaga  tashkiliy badal  puli 45000 sum.  Tashkiliy badal pulini: UzRMV Ğaznachiligi  x/r  234 020 003 001 000 010 10  XKKM  MBBB  Tashkent,  MFO:00014, INN: 201 122 919. 

TKTI  sh/xr  400 110 860 262  777 950 100  079 002. Kod. 7950100-079 INN TKTI: 201 053 370. OKONX: 92110.   ơtkazish lozim.  Tơlov varağiga  «KNGKI” konferensiyasi, va muallifning familiyasi yoziladi.

Korrespondensiyani  quyidagi adresga  borishingizni sơraymiz:

Ơzbekiston, 100011, Toshkent, Navoiy k., 36. TKTI, Innovasiya  markazi,  

Anjuman tashkiliy qơmitasi.  D.S.Kadirovaga

Tel. faks: (3712) 71 244-92-48;   e-mail: dil-kadirova@rambler.ru