TKTI rektori Sh.A.Mutalovning  30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigi!

29.06.2019

Qadrli talabalarimiz, aziz yoshlar!
 Sir emaski har qanday jamiyatning istiqboli, kelajagi yoshlar qo’lida. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar davrida har tomonlama namuna buladigan Sizdek ilg’or, ilmga chanqoq, mehnatkash yoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz. Sizlarning ilm-fan, sport, san’at qo’yingki barcha sohalardagi yutuqlaringiz qalbimizda cheksiz iftixor tuyg’usini uyg’otadi. 
Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 tashabbus Sizlarning shijoatingiz bilan ushbu ishlarnimizni yana bir yangi bosqichga olib chiqadi. Ishonamizki, bor kuch g’ayratingizni, bilim va salohiyatinigizni mamlakatimiz kelajagi uchun sarflaysiz, yurtimiz bayrog’ini yanada yuqorilarga ko’tarasiz.

 30 iyun - Yoshlar kuni muborak bo’lsin!

Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Mutalov Shuxrat Axmadjonovich