Vengriyada Doktorantura va Magistraturada oqish uchun Grantlar

21.11.2019

Vengriya hukumati talabalar, magistrantlar, doktorantlar va OTM mamuriati va hodimlari uchun grant oquv dasturini taqdim etadi.

Grant mablag’lari 2020/2021 tomonidan moliyalashtirish dasturi bilan ajratiladi va oqish uchun to’lovlar (kontrakt tolovlari), yotoqxona to’lovlari, har oylik stipendiya va tibbiy sug’urta summalari to’liq qoplanadi.

Hujjatlarni onlayn qabul qilish: 2019 yil 15 noyabrda boshlanadi.

Ohirgi muddat: 2020 yil 15 yanvar.

Batafsil ma’lumot uchun:

http://studyinhungary.hu/study-in-hungary/menu/stipendium-hungaricum-scholarship-programme

http://studyinhungary.hu/study-in-hungary/menu/stipendium-hungaricum-scholarship-programme/apply-for-a-stipendium-hungaricum-scholarship/sending-partners-and-available-study-programmes

Barcha talabalar (doktorantlardan tashqari): "Venger tili chet tili sifatida" kursida qatnashishi va ikkinchi semestr oxirida imtihon topshirishi kerak.

Doktoranturaga o'qishga hujjat topshirgan barcha talabalar: boshqa dasturlarga murojaat eta olmaydilar; Vengriyada qabul qiluvchi universitetda ilmiy rahbar bo’lishi kerak; Arizaga Vengriyada qabul qiluvchi universitetdagi ilmiy rahbarining yozma roziligini ilova qilishi shart.

Mazkur grant dasturi orqali о‘qishga yuborilgan nomzodlar о‘qishni tamomlagach muayyan muddat о‘qishga yuborgan OTMda ishlab berishi talab etiladi.