Toshkent kimyo-texnologiya institutining 1-bosqich bakalavr talabalari diqqatiga!!!

19.03.2020

Yurtimizda 2020-yil 16-martdan e’lon qilingan 14 kunlik (hozircha) ta’til munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi Professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan talabalarning ta’til davomidagi bo’sh vaqtlarini ta’limdan uzilmagan holatda samarali o’tkazishlarini taminlash maqsadida "Oziq-ovqat injineringida axborot texnologiyalari" va "Kimyo injineringida axborot texnologiyalari" fanlaridan videodarslar va topshiriqlar berib borish tizimi joriy etildi.

Ayni paytda yurtimizda TELEGRAM messenjeri aholining ko’p qismi uchun qulay, tezkor va shuning bilan bir qatorda tushunarli bo’lganligini inobatga olib, @iab_tkti manzilida kanal ochilgan. Qolaversa, barcha videomateriallar va topshiriqlar taqdim etilib, faol talabalar o’z navbatida baholanib borilishi yo’lga qo’yiladi.

Shu munosabat bilan barcha 1-bosqich talabalarimizdan ushbu ta’til davrida yuqori darajadagi faollikni kutib qolamiz.

Shuningdek, 1-bosqich 5311000 - "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" bakalavr yo'nalishi talabalariga "Muhandislik dasturlari" o'quv kursi bo'yicha @programmingtcti manzilida kanal faoliyat yuritmoqda.

Hurmat bilan Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi fan o'qituvchilari!