NAVRO'ZI OLAM MUBORAK

20.03.2020

Ona diyorimizga, barchamiz orziqib kutgan, goʼzal va dilbar fasl – Navroʼzi olam kirib kelmoqda. Аziz ustozlar, ilmiy xodimlar, qadrli talabalar barchangizni uygʼonish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navroʼzi olam bayrami munosabati bilan chin qalbimdan qutlayman va muborakbod etamiz.

         Ona yurtimizga fasllar kelinchagi bahor tashrif buyurdi. Butun tabiat goʼzallikka burkanmoqda. Аtrof-muhitning betakror tarovatidan koʼzingiz quvnaydi. Nafosat fasli odamlar qalbida sof va huzurbaxsh tuygʼularni uygʼotib, yashash va yaratishga ruhlantirmoqda. Yurtboshimizning dono siyosati tufayli xalqimiz tinch, osoyishta, farovon hayot kechirmoqda. Orzu niyatlariga yetishish uchun yurt istiqboli yoʼlida fidokorona mehnat qilmoqda. Navroʼz tinchlik, totuvlik, bagʼrikenglik, qut-baraka timsoli, mehr-muhabbat ayyomidir. Umumxalq bayrami tarixining uch ming yilliklar bilan bogʼlanishi Sharq xalqlari dunyo tamaddunida katta oʼrin va mavqega ega ekanligidan nishona sifatida har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuygʼularini uygʼotadi.

 Barchangizni Navroʼz ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, oʼzimning qalbimdagi yeng samimiy tilaklarimni izhor yetaman. Navroʼzi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, toʼy-tomoshalar koʼp boʼlsin! Barchamizning yezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon boʼlsin!

Navroʼz bayrami, barchamizga muborak boʼlsin!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

rektori B.Sh.Usmonov