YAPONIYANING SIZENKAN UNIVERSITETI MAGISTRATURADA O‘QISH UCHUN STIPENDIYALAR DASTURI XAQIDA E’LON QILADI

07.05.2020

  • Yaponiyaning Sizenkan Universiteti magistraturada o‘qish uchun stipendiyalar dasturi xaqida e’lon qiladi. Bitiruvchilar “Ijtimoiy inovasiyalar uchun Dizayn va Liderlik” mutaxassisligi bo‘yicha “Biznesni boshqarish” magistr diplomi egasi bo‘lishadi.
  • Sizenkan universiteti yillik 24 ming AQSh doll. yoki to‘liq stipendiya – 48 ming AQSh doll. miqdoridagi stipendiya ajratishga tayyor. Stipendiya miqdori tanlov natijalari va nomzodning sifatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
  • O’qish muddati 2 yil (= 2000 $).

Nomzodlar qabul qilinish uchun quyidagi talablarni o‘z hisoblaridan amalga oshirishlari kerak bo‘ladi:

  • o‘zlari bir martalik 2 ming AQSh doll. miqdorida to‘lovni,
  • aviaparvoz va yotoqxona xarajatlarini.

Qabul uchun talablar:

  • Nomzodlar bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo’lishi;
  • 24-38 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishlari lozim.

To‘liq ma’lumoni Sizenkan universitet xalqaro xamkorlik bo‘limi (admissions@shizenkan.ac.jp) elektron manzili orqali bog‘langan holda olishingiz mumkin.

 

____________________________________________________________________________________________________________

Mazkur universitet 2018 yilda ochilgan bo’lib, 2001 yilda ta’sis etilgan Strategik Boshqaruv Instituti (ISL) kichik tuzilmasidir. Universitet o’quv dasturi yapon va xorijiy talababar uchun mo’ljallangan. Yiliga 80 nafar talaba qabul qilinadi. O’qish tili – yapon va ingliz. Darslar haftada 2 marta o’tkaziladi. Bu esa talabalarning ishlashi uchun qulaylik yaratadi.