Diqqat, magistraturaga qabul boshlandi!

01.07.2020

Bugun, 2020 yil 1 iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son (https://t.me/eduuz/2492) qaroriga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Veb-sayt: http://magistr.edu.uz

Eslatma:

- Magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

- Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.

Oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma.