Muhtaram ustoz va murabbiylar!

01.10.2020

Sizlarni 1-oktyabr ― “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosababti bilan o‘z nomimdan va institut rahbariyati nomidan chin qalbimdan tabriklayman. Shunday ulug‘ sanada har birimiz bizga sabr toqat va matonat bilan ilm bergan ustozlarga ehtirom ko‘rsatamiz. Bu ehtirom qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, aslida ustozlarimiz fidoyiligi, ulkan mehnati oldida arzimas bir zarra xolos. Har qanday inson o‘z ustozi oldida uzulmas qarzi borligini anglagani holda, ularga chuqur hurmat ko‘rsatsa arziydi. Har birimizning hayot pillapoyalarida qoqilmasdan odimlashimiz, jamiyatda o‘z mavqeimizga ega bo‘lishimiz zamirida eng katta poydevor bo‘lib ustozlarimiz bergan ta’lim yotganligi hech kimga sir emas. Shular haqida fikr qilar ekanmiz, hazrat Navoiyning ikki misra she’ri beixtiyor yodimizga tushadi:

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.

Ha, har birimiz ustozlarimiz oldida yuz ganch ila ham ado qilib bo‘lmas darajada qarzdormiz.

Sizlarni ana shunday mashaqqatli ammo o‘ta sharafli bo‘lgan kasb bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etaman. Sizlarga, sizlar orqali barcha o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur tazimdamiz.

Aziz ustozlar, har biringizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu barak tilayman. Yana bir bor, ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Hurmat bilan,

Rektor Botir Shukurillayevich Usmonov