Germaniyaning bir qancha universitetlari 1 semestrlik grantlarni e’lon qiladi

27.11.2020

Germaniyaning Berlin Ozod Universiteti hamda Gumbold Universiteti (Berlin) 2020-2021 o’quv yili  xorijda ta’lim olish yoki ilmiy ish bilan shug’ullanishni xohlovchilar uchun 1 semestrlik grantlarni e’lon qilmoqda.  

Grantlar quyidagi ta;lim yo’nalishlarida o’quvchilar uchun ajratilgan:

  • Polimerlar kimyosi (FU BERLIN);
  • Bog’dorchilik fanlari  (Fon Gumbolt University Berlin);
  • Baliq biologiyasi, baliqchilik va akvakultura (Fon Gumbolt Univ. Berlin);
  • Pedagogika va gumanitar fanlar.

      Ushbu grant qatnashuvchilari quyidagi shaxslar hisoblanishadi:

  • Magistr;
  • Doktorant.

       Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  1. TKTI magistri yoki doktoranti bo’lish;
  2. Ingliz va nemis tillarini bilish;
  3. Nemis tilini bilish darajasi B2 yoki C1 bo’lishi;
  4. 28 yoshgacha bo’lish.

Qabul qilish online tarzda 2020 yilning 15 dekabrigacha bo’lib o’tadi.

Qiziqqan nomzodlar ariza topshirishdan oldin barcha talabnomalarni, Dasturlarning har bir veb-sahifasida ko'rib chiqishi kerak. Omad!

Qo’shimcha ma’lumot uchun iltimos, ilova qilingan veb-saytga tashrif buyuring:   https://en.copernicusberlin.de/ies