2021 yilning 11-12 mart kunlari “OZIQ-OVQAT VA OZUQA MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA NOAN’ANAVIY YO‘NALISHLAR” Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

11.02.2021

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

2021 yilning 11-12 mart kunlari Oziq-ovqat va ozuqa maxsulotlari ishlab chiqarishda noan’anaviy yo‘nalishlar”  Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanda ma’ruzalar quyidagi sho‘balar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qayta ishlashda innovatsion texnologiyalar;

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy yondoshuvlar;

Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishda funksional oziq-ovqat mahsulotlari va keytring;

Oziq-ovqat sanoati jihozlari, jarayonlari va apparatlari;

Sanoat biotexnologiyasi va biologik xavfsizlik masalalari;

Oziq-ovqat sanoatida ekologiya, iqtisodiyot va avtomatlashtirish muammolari.

 

Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan  talablar

Konferensiyada ishlab chiqarish mutaxassislari, Oliy va o‘rta ta’lim professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, tayanch doktorantura doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va talabalar qatnashishlari mumkin. Talabalar ma’ruzalari ilmiy rahbarlari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.

Ma’ruza matnlari joriy yilning 20 fevralga qadar qabul qilinadi. Matnlar 1 ekz. qog‘oz va elektron variantlarida bo‘lishi lozim. Ma’ruza hajmi A4 formatida 1-2 to‘liq betdan iborat  bo‘lib, o‘zbek (lotin imlosida) yoki rus tillarida, ingliz tilidagi matnlar ruscha yoki o‘zbekcha (retsenzent uchun) tarjimasi bilan, WORD redaktorini 6.0 va undan yuqori versiyasida, Times New Roman tilida, 12 shrift, qatorlar orasi 1 intervalda, to‘rt tomonidan 2 mm qoldirilgan bo‘lishi lozim. Rasmlar jamlashtirilgan holda bo‘lishi kerak. Mualliflar soni 5 dan ortiq emas. Adabiyotlar ro’yxati 5 dan  ortiq emas. Taqdim etilayotgan ma’ruza elektron versiyasining fayl nomiga birinchi va ikkinchi mualliflar familiyasi yoziladi. 

Ma’ruza nomi katta harflar bilan o‘rtaga yoziladi, keyingi qatorga mualliflar  familiyasi, ismi va sharifining bosh xarflari, kontakt uchun telefon, keyingi qatorga muassasa  nomi (institut va kafedra nomi), 1 intervaldan keyin ma’ruza matni  yoziladi. 

Ma’ruzadagi material yangi va ilmiy bo‘lishi lozim. Referativ tarzdagi maqolalar qabul qilinmaydi.

Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 205-sonli va institutning 213-sonli buyruqlariga binoan:

-anjuman doirasida nashr etiladigan maqolalar to‘plamiga kiritiladigan maqolalarning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yo‘naltirilganligi, shunindek maqolalarga qo‘yiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltirilgan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi zarur (mas’ullar: maqolalar mualliflari).

 

KORRESPONDENSIYANI
 quyidagi adresga yuborishingizni so‘raymiz:
O‘zbekiston, 100011, Toshkent, Navoiy k., 32. TKTI, OOMT fakulteti,  
Anjuman tashkiliy qo‘mitasi.  G.Z.Djaxangirova, A.X.Xasanov
Telefon: +99871 244-92-35;  +99893 506-17-99,  +99890 9926868 telegram