Kantabriya universiteti (Ispaniya) Erasmus + KA107 dasturi doirasida xalqaro talabalarga xalqaro kredit mobilligi uchun grantlar e'lon qiladi.

26.03.2021

 

Magistr va doktorantlar

Yo'nalish:  Kimyoviy texnologiya  

 

UMUMIY QABUL QILISH TALABLARI

  • 2020/2021 o'quv yilida, shuningdek, mobillik davrida ushbu tanlovda qatnashmoqchi bo’lgan magistr yoki doktorant TKTIda ta’lim olayotgan bo’lishi kerak.
  • Amaldagi OTMlararo shartnomalarning akademik talablariga va Erasmus + dasturining maxsus talablariga javob berishi lozim.
  • Ispan tilida o'qitiladigan kurslarda o’qish istagida bo’lganlar ispan tilini B1 darajada bilishi va ingliz tilida o’qish istagida bo’lganlar ingliz tilini B2 darajada bilishlari talab qilinadi.
  • Talabalarning ishtiroki har ikkala universitetning o'ziga xos qoidalariga to’g’ri kelishi so’raladi.

 

Ro’yxatdan o’tishning ohirgi muddati : 24 маrtdan 2021 y. 21 aprelgacha 2021 y.

Halqaro hamkorlik bo‘limiga hujjatlar 10 aprelgachan topshirilishi kerak!

 

Talabalarni individual qo'llab-quvvatlash

1. Tanlangan ishtirokchilarga ushbu tanlov doirasida oyiga 850 evro miqdorida oylik stipendiya beriladi.

2. Ispaniyaga borish va kelish xarajatlari 820 evroni qoplaydi.

 

Talab qilinadigan hujjatlar

  • Talaba quyidagi hujjatlarning nusxalarini har bir sherik-universitetning tegishli shaxsiga taqdim etishlari shart
  • Talabnoma Erasmus + KA107 (https://web.unican.es/en/Studying/admission/erasmus-ka-107-application-documents
  •  Pasport nusxasi (o'qish davomida amal qilishi kerak)
  •  Shaxsiy ma'lumotlar shakli to'g'risida ma'lumot (https://web.unican.es/en/Studying/admission/erasmus-ka-107-application-documents)
  • EUR EUROPASS modeli asosida tarjimai hol http://europass.cedefop.europa.eu/es/documents/curriculum-vitae)
  • Talaba va akademik koordinator tomonidan imzolangan o'qish shartnomasi *

Batafsil ma'lumot uchun bosing!

 

Ma'lumot uchun: TКTI xalqaro hamkorlik bo'limi:

Tel. + 998-93-5279500, elektron pochta manzili: zebo.babakhnova@gmail.com