Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2022 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim institutiga quyidagi ixtisosliklar boʼyicha qabul eʼlon qiladi

28.09.2021

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2022 yil uchun oliy oquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga quyidagi ixtisosliklar boʼyicha

qabul eʼlon qiladi.

TАYANCH DOKTORАNTURА:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʼqish uchun)

 

01.02.04

“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi”

02.00.05

“Sellyuloza va sellyuloza-qogʼoz ishlab chiqarish kimyosi va    texnologiyasi”

02.00.06

“Yuqori molekulyar birikmalar”

02.00.08

“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi”

02.00.09

“Tovarlar kimyosi”

02.00.11

“ Kolloid va membrana kimyosi”

02.00.13

“Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”

02.00.14

“Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”

02.00.15

“Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi”

02.00.16

“Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari”

02.00.17

“Qishloq xojalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari”

05.02.04

“Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish”

11.00.05

“Аtrof-muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

09.00.02

“Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi”

 

Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumotnoma (obʼektivka);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy taʼlim muassasasi magistraturasi yoki oliy maʼlumoti togrisidagi diplomi nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar royxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
  • Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
  • ilmiy rahbarning yozma roziligi;
  • pasport nusxasi;
  • 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
  • Tayanch doktoranturada oʼqish uchun talabgorlar ixtisoslik va chet tili boyicha kirish imtihonlarini topshiradilar.

 

 

DOKTORАNTURА:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʼqish uchun)

 

02.00.08

“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi”

02.00.13

“Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”

02.00.14

“Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”

11.00.05

“Аtrof-muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

 

Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumotnoma (obʼektivka);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy maʼlumot, fan nomzodi yohud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlganligi toʼgʼrisidagi diplomi nushasi;
  • tadqiqot mavzusi boʼyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
  • pasport nusxasi;
  • 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
  • Doktoranturada oʼqish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik boʼyicha suhbatdan oʼtadilar.

 

Xujjatlar 2021 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari boʼlib oʼtadi.

Qoʼshimcha maʼlumotlarni (71) 244-39-81 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

http://www.phd.mininnovation.uz/ tizimidan roʼyhatdan oʼtish lozim.

 

Manzilimiz: Toshkent sh., А.Navoiy koʼchasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi.


Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2022 yil uchun oliy oquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga quyidagi ixtisosliklar boʼyicha

qabul eʼlon qiladi.

Stajyor-tadqiqotchilik:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʼqish uchun)

 

02.00.08

“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi”

02.00.13

“Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”

02.00.14

“Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”

02.00.17

“Qishloq xojalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari”

 

Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumotnoma (obʼektivka);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy taʼlim muassasasi magistraturasi yoki oliy maʼlumoti togrisidagi diplomi nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar royxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
  • Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
  • ilmiy rahbarning yozma roziligi;
  • pasport nusxasi;
  • 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
  • Tayanch doktoranturada oʼqish uchun talabgorlar ixtisoslik va chet tili boyicha kirish imtihonlarini topshiradilar.

Tegishli faylni yuklash