Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi!

29.09.2021

DIQQAT! TALABALARGA YANA BIR YANGILLIK!!!

Koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga  bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.