Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar diqqatiga!!!

10.11.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 8-noyabrdagi 1/10-2/20-249-son xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2021-yil 3-noyabrdagi 9-son bayoni qaroriga muvofiq istisno tariqasida 2021/2022 oʻquv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish imtihonlari natijasiga koʻra mutaxassislik boʻyicha maxsus fandan toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining magistratura mutaxassisliklari xususiyati, mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibini hisobga olgan holda, abituriyentlarning yozma arizalariga muvofiq Institut kengashi qarori bilan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shartnoma imzolagan abituriyentlarni toʻlov haqi miqdorining kamida 50 foizini oʻtkazishning soʻnggi muddati 2021-yilning 20-noyabri etib belgilandi.

 

Institut kengashi qarori bilan tasdiqlangan Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistratura mutaxassisliklarining oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari

 

Mutaxassisliklar shifri va nomi

Amaldagi toʻlov-kontrakt qiymati (soʻm) (stipendiyasiz)

Tavsiya etilayotgan toʻlov-kontrakt qiymati (soʻm)

Stipendiya bilan

Stipendiyasiz

5A230201

Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

10488590

17 233 560

11 019 000

5A310901

Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (tarmoqlar boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A310902

Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A311001

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320305

Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320306

Sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320307

Yogʻochga ishlov berish texnologiyasi va yogʻochshunoslik

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320311

Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320401

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320402

Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320405

Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320407

Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (ishlab chiqarish turi boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A320501

Biotexnologiya (mahsulot turi boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A321001

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

5A321003

Oziq-ovqat xavfsizligi

7771270

17 330 560

11 116 000

5A321302

Neft­ va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi

7771270

17 330 560

11 116 000

5A321303

Neft­ va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

7771270

17 330 560

11 116 000

5A321401

Kimyoviy va neft­-gazkimyoviy texnologiyalar

7771270

17 330 560

11 116 000

5A630101

Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

7771270

17 330 560

11 116 000

Mutaxassisliklar boʻyicha qoʻshimcha qabul kvotalari kafedralar sigʻimi,

MTBsi va POʻlarning salohiyatidan kelib chiqib belgilanadi