“Yaxshidan bog‘ qoladi” degan g‘oya asosida “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi!!!

19.11.2021

Shaharlar, tuman markazlari, aholi punktlari hamda institutda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash ishlarini jadallashtirish, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik tabiiy muhitga hurmat va ekologik savodxonlikni oshirish maqsadida “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi.

Tanlov 2 yo'nalishda:
Birinchi yo‘nalish – Institutning talaba-yoshlari o‘rtasida noyabr-dekabr oylari davomida tashkil etiladi.
Ikkinchi yo‘nalish – Institutning professor-o‘qituvchilari o‘rtasida noyabr-dekabr oylari davomida tashkil etiladi.

Talabalar:
✅ Ekilgan ko‘chatlar soni va ularni to‘liq undirib olish uchun bajarilgan barcha amaliy tadbirlar (sug‘orish, ishlov va o‘g‘it berish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish va payxon etilishining oldini olish choralarini ko‘rganligi);
✅ ko‘chat ekish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga egaligi;
✅ ko‘chat ekish jarayonida landshaft-dizayn yarata olganligi (uning estetik va sifat darajasi).
✅ Har xil ko‘chatlarni ekishdagi ishtiroki (mevali, manzarali daraxtlar, buta ko‘chatlari hamda terak qalamchalarini eng ko‘p ekkanlar)