Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2021-2022 oʻquv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalari boʻyicha hujjat topshirib 2-bosqich imtihondan oʻtmagan va qayta topshirishga ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar diqqatiga!

23.11.2021

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 2021-2022 oʻquv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalari boʻyicha hujjat topshirib 2-bosqich imtihondan oʻtmagan va qayta topshirishga ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar uchun 2021-yilning 26-noyabr kuni soat 16:00 da 2-bosqich “Rus tili”dan kirish imtihoni qayta oʻtkaziladi. Abituriyentlar institut asosiy binosi Toshkent shahar, A.Navoiy koʻchasi 32-uy manziliga soat 15:00da yetib kelishlari va oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat PASPORT bilan kelishlari shart !!!   

TKTI qabul komissiyasi