​​​​​​​Hurmatli institut talaba-yoshlari!

11.01.2022

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi qat’iy choralarni davom ettirish, mamlakatimizda Omicron shtammi aniqlanganligi va ehtiyot choralari kuchaytirilishi qayd etilgan.

Yuqoridagi yig‘ilish qaroriga ko‘ra, mamlakatda amal qilinayotgan karantin cheklovlari sharoitida o‘z salomatligingizni ta’minlash maqsadida jamoat joylaridagi turli tadbirlarda ishtirok etmasligingiz so'raladi.

Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, to‘liq emlash ishlarida faol bo‘lishingizni eslatib o'tamiz.

Ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralarini ko‘rishingiz va 2022-yilning 24-yanvar kunidan vaksina olganlik to‘g‘risidagi sertifikat bilan o‘qishga kelishingiz maqsadga muvofiq ekanligini eslatib o‘tamiz va tavsiya qilamiz.

O‘zingiz va o‘zgalar sog‘ligi uchun befarq bo‘lmang.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti ma’muriyati