Hurmatli kredit modul tizimida tahsil olayotgan talabalar

08.11.2022

Hurmatli kredit modul tizimida tahsil olayotgan talabalar, o‘zlashtirilmagan fanlarni 2022/2023 — o‘quv yilining qishki semestrida qayta o'qish uchun kurslar kesimida HEMIS tizimi orqali arizalar qabul qilish Toshkent kimyo-texnologiya institutida boshlanganini e'lon qilamiz!

⭕️Birinchi bosqichda: 2022-yilning 1-dekabriga qadar HEMIS tizimi orqali talabalarni o‘zlashtirmagan fanlarini qayta o'qish uchun yuborgan arizalari asosida 2022-2023 o‘quv yilining qishki semestrida o‘qish istagini bildirgan talabalar ro‘yhati shakillantiriladi. 

⭕️Ikkinchi bosqichda: 2022-yilning 10-dekabriga qadar 2022-2023 o‘quv yilining qishki semestrida o‘qish istagini bildirgan talabalar tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o‘qish uchun “Qishki semestr”ga qabul qilish haqida institut buyrug‘i rasmiylashtiriladi. 

⭕️Uchinchi bosqichda: Qishki ta’til davrida o‘zlashtirilmagan tegishli fanlarini qayta o‘qish uchun “Qishki semestr”ga qabul qilingan talabalar uchun tasdiqlangan dars jadvali asosida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi. 
Ariza yuborishga yoki to‘lovlarni amalga oshirishga muddatidan kech qolganlar yozgi semestrga qoladi.

Barcha talabalar uchun eslatma!!!