Toshkent kimyo-texnologiya institutining kutubxonasi xorijiy o‘quv adabiyotlari bilan to‘ldirildi

14.06.2017

  Muxtaram Prezidentimiz tomonidan aholida kitob o‘qishga muxabbat, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va savodxonlikni yuksaltirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda va zurur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

  Bundan tashqari xukumat tomonidan bir qator xujjatlar qabul qilingan bo‘lib, mazkur xujjatlarda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini sifat jixatidan yangi bosqichga olib chiqishda, oliy ta’lim muasasalari zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklatilgan. Shuni qayd etib o‘tish joizki, mazkur vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib kelmoqda.

  Professor-o‘qituvchilar va talabalarning bilim va ko‘nikmalarini doimo oshirib borish, xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish, jaxon xamjamiyatining fan soxasidagi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishida xorijiy adabiyotlarning o‘rni beqiyos.

  Oliy ta’lim muassasasini o‘quv adabiyotlari va darsliklar, jumladan rivojlangan davlatlarning yetuk olimlari tomonidan chop etilgan adabiyotlar bilan ta’minlash, tinglovchilar va talabalarning bilim olishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

  Ushbu imkoniyatlardan foydalangan xolda, Erasmus+ “IQAT Bolonya jarayonlari tamoyillaridan foydalangan xolda institutsional sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish”  xalqaro grant loyixasi doirasida, kimyoviy texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, biotexnologiya, atrof-muxit muxofazasi va ekologiya soxalariga doir, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Singapur kabi rivojlangan davlatlarda chop etilgan, qariyb 2000 Yevro miqdorida 18 nomdagi xorijiy adabiyotlar Toshkent kimyo-texnologiya institutiga keltirildi. Mazkur adabiyotlar institut talabalari uchun yangi darslik manbai bo‘lib xizmat qiladi.

  Ulardan institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari xamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va boshqalar foyddalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yevropa Ittifoqining IQAT loyixasi doirasida xamkor oliy ta’lim muassasasi sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.