Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir gurux pedagoglari Chexiyadagi konferensiyada ishtirok etdilar.

14.06.2017

   O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida ta’lim tizimi tubdan islox etilmoqda, zamonaviy talablarga javob beradigan, teran va mustaqil fikrlaydigan, xar tomonlama taxlil qilgan xolda qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi va juda katta yutuqlarga erishildi. Shunga qaramay shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda, to‘xtovsiz ravishda isloxotlarni davom ettirish, eng asosiysi ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning aprel oyida qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimidagi isloxotlarni davom ettirishda tarixiy qadam bo‘lib, sifatni oshirish masalasida yangi davrni boshlab berdi. Mazkur qaror doirasida chet elning ilg‘or tajribalarini, pedagoglarning xorijiy mamlakatlarda tajriba almashinuvlarini tashkil qilish va xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga keng jalb qilgan xolda, ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini oshirish masalalariga aloxida e’tibor qaratilgan.

  Hukumatimiz tomonidan kadrlar tayyorlash tirizimini xar tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlar va shart sharoitlar yaratish bilan birga ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va ushbu soxada faoliyat yuritayotgan xar bir raxbar va pedagog uchun mas’uliyatli vazifalar yuklanmoqda.

  Tizimli ravishda olib borilayotgan isloxotlar, yaratilgan imkoniyatlarning natijasini Toshkent kimyo-texnologiya institut misolida xam yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining “IQAT Bolonya jarayonlari tamoyillaridan foydalangan xolda institutsional sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro loyixa doirasida joriy yilning 6-11 iyun kunlari Institutning to‘rt nafar professor-o‘qituvchilari, Zebo Babaxanova, Akmaljon Boboev, Aziza Abduraximova xamda Botir Bobotullaevlar Chexiya Respublikasining Chexiya tabiiy fanlar universitetiga safar qildilar. Safar davomida 14-chi “Ta’lim tizimida sifat va samardorlik” mavzusidagi Xalqaro konferensiya va seminarda ma’ruza bilan ishtirok etdilar. Ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq ilg‘or xorijiy tajribalar namoyish qilish bilan birga ushbu soxadagi dolzarb muammolar yuzasidan Yevropa, jumladan Ispaniya, Latviya, Chexiya, Slovakiya va boshqa davlatlarning olimlari bilan fikr almashish imkoniyatlariga ega bo‘lingani bilan Konferensiya yanada axamiyatlidir. Anjuman doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan isloxotlar va chora-tadbirlar xaqida taqdimot o‘tkazildi. Safar davomida Chexiya tabiiy-fanlar universiteti, Chexiya kimyo-texnologiya universiteti jamoasi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fan va ta’lim soxasida xamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga doir masalalar atroflicha muxokama qilindi.

  Bir so‘z bilan aytganda, professor-o‘qituvchilarning Chexiyaga tajriba almashinuv safarlari xamda rejalashtirilgan tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshdi. O‘z navbatida mazkur safar Toshkent kimyo-texnologiya institutining xalqaro aloqalarini rivojlantirish muxim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yevropa Ittifoqining IQAT loyixasi doirasida xamkor oliy ta’lim muassasasi sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.