Bitiruvchilarga murojaat!

16.06.2017

  Hurmatli aziz bitiruvchilarimiz. Mana bugun Siz Toshkent kimyo-texnologiya institutini o‘zingiz tanlagan soha bo‘yicha muvaffaqiyatli tamomlayapsiz. Yoshlikning ajib onlari bo‘lgan talabalik davrida Siz institutning tajribali va yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilaridan umumkasbiy va mutaxassislik fanlarini o‘rganib, “texnolog” kasbi sirlarini mukammal egalladingiz. Soha sirlarini o‘rganish bilan birga davlatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohatlarni mazmun-mohiyatini to‘liq anglashga, respublikamizda va dunyoda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy voqeliklarga o‘z mustaqil fikringizni bildirish salohiyatiga ega bo‘ldingiz.

         Biz butun institut jamoasi aminmizki, Siz qisqa davrlarda o‘z mehnat faoliyatingizni respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida boshlab, talabalik davrida oldingizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erishasiz.

         Sizni katta umid va ishonch bilan kutayotgan Ota-onangizni orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishingizga, pirovardida davlatimiz iqtisodiyotini rivojiga, halqimiz turmush darajasini yuksalishiga o‘zingizni munosib xissangizni qo‘shishingizga ishonamiz.

         Aziz kimyogar-texnologlar! Biz doim o‘z bitiruvchilarimizdan faxrlanishimizni bildirib, kelajagingiz porloq bo‘lishini tilab qolamiz.

Qadrli bitiruvchi, institutda o‘quv jarayoni sifat samaradorligi, fanlardan baholash usullari, professor-o‘qituvchilarning salohiyati hamda manaviy-marifiy ishlarni takomillashtirish haqida  fikr muloxazalaringizni bildrishingizni so‘raymiz. Sizning bu boradagi fikrlaringiz biz uchun muximdir.

 

Fikr bildirish.