TKTI qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ushrashuvi

17.06.2017

   2017 yil 9 iyun kuni Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey faollar zalida institut rektori va prorektori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suxbat davomida  rektor Sh.A.Mutalov, bitiruchi o‘quvchilarga Mustaqillikka tengdosh Toshkent kimyo texnologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi 203-sonli Farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi  kimyoviy texnologiya va muxandislik texnologiyasi fakultet negizida tashkil topgani haqida gapirib berdi. Institut o‘tgan davr ichida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga 10 mingdan ziyod yuqori malakali muxandis texnologlar, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mingdan ortiq bakalavr va 30ga yaqin mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlab berdi.

Shuningdek 40 dan ortiq fan doktorlari va 138 nafar fan nomzodlari tayyorlandi.

   Institutda tahsil olgan mutaxassislar Respublikamizning hamda ayrim MDX davlatlarning ko‘plab hukumat tashkilotlarida va ishlab chiqarish tarmoqlarida mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.Xozirgi kunda institut tarkibida 4 ta fakultet, 2 ta uslubiy markaz, 24 kafedra faoliyat yuritmoqda. Institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

   Institutda tayyorlangan kadrlar “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zneftegaz” MXK, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi AJ, “O‘zdonmaxsulot”, O‘zqurilishmateriallari” kompaniyalari, “Ustyurtgazkimyo”  va “Sho‘rtangazkimyo” kompleksida yetakchi mutaxassis bo‘lib samarali faoliyat ko‘rsatmoqdalar deb ta’kidlandi.

         Uchrashuvda bitiruvchi o‘quvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kirishda ko‘proq nimalarga e’tibor berish haqidagi savollarga atroflicha javoblar berib o‘tildi.

         Uchrashuv so‘ngida institut rektori Sh.Mutalov akademik litsey bitiruvchilariga o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishlarida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarida omad va zavaflar tilab, kelajakda davlatimiz uchun kerakli mutaxasis bo‘lib yetishlarini tilab, so‘zini yakunladi.