O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkilotining ta’sis yig‘ilishi

13.09.2017

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2017 yil 11 sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkilotining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Maskur yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi. Yig‘ilishda institut rektori Sh.A.Mutalov, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor T.J.Qodirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar koordinatori Sh.Samatov, institutning barcha fakultet raxbarlari hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda institut rektori so‘zga chiqib O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarini saylash bo‘yicha saylovlar o‘tkazilishi hamda bu tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilib ijro yuzasidan PF-5106 sonli farmoni hamda PQ-3138 sonli qarori asos qilib olingani haqida aytib o‘tdi. Bu tashkilot orqali nafaqat iqtidorli, balki uyushmagan yoshlarini jalb etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.