Toshkent kimyo-texnologiya institutida iqtidorli talabalar bilan “Ustoz-shogird” tizimida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan Davra suhbati

16.09.2017

2017 yilning 14 sentyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida iqtidorli talabalar bilan “Ustoz-shogird” tizimida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Kun tartibiga ko‘ra tadbirni institut rektori Mutalov Shuxrat Axmadjonovich ochib berib, institutda iqtidorli talabalar bilan “Ustoz-shogird” tizimida olib borilishi zarur ishlarni yanada takomillashtirish haqida chora tadbirlarni yoritib berdilar. O‘z ma’ruzalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorini hamda PQ-3151 qarorida belgilangan vazifalarni ijro etish hamda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi extiyojlarini inobatga olgan holda son va ta’lim yo‘nalishlari uyg‘unligiga erishish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan foydalanishni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning o‘rtacha muddatga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalarini institut jamoasi bilan birgalikda izchil amalga oshirishga zamin yaratish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tdilar. 

So‘ngra davra suhbatini Institutning faxriy akademiklari o‘z chiqishlari bilan davom ettirdilar. Barcha qatnashchilar davra suhbati mehmonlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Negmatov Soyibjon Sodiqovich hamda akademik “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Raxmonberdiev  G‘affor Raxmonberdievichlar o‘zlari ilm yo‘lida bosib o‘tgan yo‘llari haqida, ilm-fanni rivojlantirish o‘z fikrlarini bildirdilar.

Halqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Babaxanova Zebo Abdullaevna institutda Halqaro hamkorlikni rivojlantirishda talabalarning o‘rni mavzusida zarur ma’lumotlarni berdilar.

Davra suhbati talabalar va ishtirokchilar o‘rtasidagi ochiq muloqot tarzida olib borildi. Iqtidorli talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.