“Oziq-ovqat maxsulotlar texnologiyasi” fakultetida Harakatlar strategiyasi dasturini amalga tadbiqi mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi

27.09.2017

2017 yilning 26 sentabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat maxsulotlar texnologiyasi”  faultetida Xarakatlar strategiyasi dasturi asosida professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani O.Yunusov, Ma’naviyat va marifat ishlari bo‘yicha dekan muovini B.Boborajabov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.  Tadbirni “O‘zbekiston tarixi va siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri tarix fanlari doktori Sh.O‘ljaeva olib bordi.

Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan chiqarilgan qaror asnosida  2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Xarakatlar strategiyasini amalga tadbiqi va unda keltirilgan beshta ustuvor yo‘nalish.

1) Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

2) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari

3)  Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

4) Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

5) Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.

            Yuqoridagi yo‘nalishlarni jamyatimizga ongiga singdirish va ijrosini amalga oshirish zarurligi uqtirildi. Davra suhbati davomida proffessor-o‘qituvchilar savollariga javob oldilar. Tadbir qiziqarli bahs munozara va fikrlar qarama-qarshiligi ruhida bo‘lib o‘tdi.