“Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi fakultet”da talaba-yoshlar bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida “Yo‘l qoidasi - umr foydasi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir

05.10.2017

5-оktabr 2017 yil sanasida Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi faukltetida “Yo‘l qoidasi - umr foydasi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tqazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi  boshqarmasi RO‘ va IO bo‘limi boshlig‘i S.V.Kravchenko hodimlar bilan ishtirok etdi.

Talaba yoshlarga bugungi kunda tinch va farovon yurtimizda yoshlar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Avto ulovdan foydalanganda qoidalarga rioya qilinishi, tezlikni oshirmaslik, xaydovchilik guvohnomasiz, yo‘l belgilarini o‘qib o‘rganmasdan boshqaruvga o‘tirmaslik  va piyodalarning o‘tish joylarida juda diqqatli bo‘lishni talabalarga ta`kidlab o‘tdilar, hamda piyodalar xam belgilab qo‘yilgan joylardangina, faqat ehtiyot bo‘lib kesib o‘tish kerakligini va yo‘l qoidalariga rioya qilinishi zarurligiga alohida urg‘u berildi.  Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan avtohalokatlarni nima oqibatida kelib chiqayotganligini va nimalarga e’tibor qaratish lozimligini eslatib o‘tildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovuni B.Boborajabov tadbirni yakunlab, talaba-yoshlarni  hamisha ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirdi va mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.