Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti va Yoshlar ittifoqi faol talabalari "Yosh kitobxon" Respublika ko'rik tanloviga tashrif buyurishdi

01.03.2018

 Sh.M.Mirziyoyev  yurtimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitobxonlar sonini oshirish maqsadida:

          - " Biz kitob o‘qigan yoshlarni rag‘batlantirishning o‘ziga xos usulini joriy qilyapmiz. Ya’ni kitob o‘qigan yoshlar Spark minadi!" degan edilar.

  Prezidentimizning gaplari isboti sifatida "Yosh kitobxon" Respublika ko'rik tanlovini tashkil etish va g'o'liblarga "Spark" avtomobili yutuq sifatida taqdim etilishi belgilandi.

Ko'rik tanlov 2 yosh toifasida 14-19 va 20-30 yoshlilar o'rtasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

14-19 yoshli kitobxonlar o'rtasida Samarqandlik 10-sinf o‘quvchisi Mohiniso Shomurodova g'olib bo'ldi.

20-30 yoshli kitobxonlar o'rtasidagi tanlovni bevosita jonli kuzatish uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti, Yoshlar ittifoqi faol talabalari "Yosh kitobxon"  Respublika ko'rik tanloviga  O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga tashrif buyurdilar.

          Tanlov davomida talabalarimiz o'zlari uchun bir qancha yangiliklarni,yangi bilimlarni kashf etdilar. Do'stlar davrasidagi jonli,ochiq diskussiya talabalarimizda olam olam  taasurotlar qoldirdi.