Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida Хаlqaro хоtin-qizlar kuniga bag’ishlangan “Мuqaddas аyol” bayram tadbiri o’tkazildi

07.03.2018

Bugun 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar"  bayrami munosabati bilan Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti faollar zalida "AYOL MUQADDAS"  deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni rektorimiz Sh.A.Mutalov institutimiz ayol o'qituvchilariga o'z  bayram tabriklarini aytib, tashrif buyurgan ustozlarimizga mashaqqatli ishlarida omadlar tiladilar. Shundan so'ng bir necha yillardan beri institutimizda faoliyat yuritayotgan bir qancha ustozlarimizga faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini ulashdilar.

Tadbirga O'zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari Hamid Toshpo'latov, Madina Muxtorova, "Nihol" mukofoti sovrindori Umar Shamsiev tashrif buyurdilar.

 Tadbir davomida ayollarimizga kuy-qo'shiqlar, raqslar, QVZ va talabalar tomonidan tayyorlangan she'riy parchalar namoyish etildi.