TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI REKTORI MUTALOV SHUXRATJON AHMADJONOVICH BILAN «MENEJMENT VA KASB TA’LIMI» FAKULTETI TALABALARINING O’RTASIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

25.05.2018

2018 yil 22 may kuni soat 1530 da «Menejment va kasb ta’limi» fakultetida institutt rektori Mutalov Shuxratjon Ahmadjonovich bilan fakultet talabalari o’rtasida o’quv jarayoni, ma’naviy ma’rifiy, tashkiliy ishlarning sifat-samaradorligini oshirish, talabalarning ma’naviy axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish, fanlardan davomat va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish yuzasidan takliflar, istaklar va kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot  bo’lib o’tdi.

Talabalar bahorgi semestr va ishlab chiqarish amaliyot oldidan o’zlarini qiziqtirgan  barcha savollarga javob oldilar.