TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI REKTORI MUTALOV SHUXRATJON AHMADJONOVICH BILAN «OZIQ OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» FAKULTETI TALABALARINING O’RTASIDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

28.05.2018

2018 yil 24 may kuni «Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fakultetida institut rektori Mutalov Shuxratjon Ahmadjonovich bilan fakultet talabalari o’rtasida o’quv jarayoni, ma’naviy ma’rifiy, tashkiliy ishlarning sifat-samaradorligini oshirish, talabalarning ma’naviy axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish, fanlardan davomat va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish yuzasidan takliflar, istaklar va kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Talabalar bahorgi semestr va ishlab chiqarish amaliyot oldidan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.