Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti faollar zalida mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

29.06.2018

Tadbirni institutimiz rektori Sh.A.Mutalov Shayxontoxur tuman Yoshlar ittifoqi tumani kengash raisi  Javohir Arslonov o'z tabriklari bilan ochib berdilar.
Tadbir davomida Toshkent Kimyo-texnologiya instituti O'zbekiston Yoshlar ittifoqi IBTning 1 yil davomida amalga oshirgan ishlari videorolik orqali namoyish etildi.Bundan tashqari Quvnoqlar va Zukkolar,Talabalar teatr studiyalarining chiqishlari,go'zal raqslar,vatanni madh etuvchi kuy qo'shiqlar va  yil davomida institut hayotida faol bo'lgan ,fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan talablarga rektorimiz  tomonidan kitoblar, tashakkurnoma,diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.

AZIZ YOSHLAR BARCHANGIZNI #30IYUN  YOSHLAR KUNI BILAN QUTLAYMIZ !!!