3-DEKABR “XALQARO NOGIRONLARNI XIMOYA QILISH” KUNI MUNOSABATI BILAN 37-SONLI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABIDA XAYRIYA TADBIRI BO'LIB O'TDI.

04.12.2018

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti faollaridan tuzilgan "SAXOVAT" guruhi va institut Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda "MEHR-MURUVVAT INSON ZIYNATI" shiori ostida 3-dekabr erta tongdan    37-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

 

Ko'p sonli talabalarimiz yordamlari va boshqa hamkorlarning yordamlari bilan 175 nafar muntazam maktabga qatnovchi va 78 nafar masofaviy ta'lim oluvchi jami 253 nafar o'quvchilarga sovg'alar tayyorlandi.

Bayram tadbiriga Shayxontoxur tumani hokimiyatidan, O’zLiDeP partiyasidan vakillar ishtirok etishdi. Tadbirda maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari taqdim etildi. Konsert yakunida barcha bolajonlarga O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmasi, “Saxovat” xayri fondi va institutimizning bir necha guruhlari tomonidan tayyorlangan sovg’alar taqdim etildi.

Xayriya tadbirida Shayxontoxur tumani hokimi tomonidan tashkillashtirilgan osh dasturxoni va institutimiz qizlari tomonidan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, salqin ichimliklar tortildi.