Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Axborot resurs markazida 9-fevral buyuk alloma so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 579 yillik tavallud kuniga bag’ishlangan tadbir anjumani o’tkazildi

09.02.2019

Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Axborot resurs markazida 9-fevral buyuk alloma so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 579 yillik tavallud kuniga bag’ishlangan tadbir anjumani o’tkazildi. Tadbirda Axborot resurs markazining xodimlari va Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda Axborot resurs markazi bo’limi boshlig’i Shomirzayeva Gulnoza so’zga chiqib buyuk bobokolonimiz Mir Alisher Navoiy bizga qoldirgan boy ma’naviy meros, kutubxonada bobokolonimiz tamonidan yozilgan nodir kitoblar borligi va ular haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Talabalar o’zlari qiziqaan savollarga xodimlar tamonidan javob oldilar.