8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan "SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

07.03.2019

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti faollar zalida "SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir institutimiz talabalari tomonidan ijro etilgan barchamiz uchun sevimli bo’lgan "SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL" nomli qo’shiq bilan boshlandi.

Tadbirni rektorimiz Sh.A.Mutalov institutimiz ayol o'qituvchilariga va talaba qizlarga o'z bayram tabriklarini aytib, tashrif buyurgan ustozlarimizga mashaqqatli ishlarida omadlar tiladilar.

Shundan so'ng bir necha yillardan beri institutimizda faoliyat yuritayotgan bir qancha ustozlarimizga faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini ulashdilar.

Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan bobolarimiz qalamiga mansub g'azal, she'r va ruboiylari aks ettirilgan #VIDEO_CHALLANGE tanlovida ishtirok etgan professor-o’qituvchilar, talabalardan g’olib deb topilganlar eng kam oylik ish haqqining bir barobari miqdorida taqdirlandilar.

Tadbirda O'zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari ishtirok etishdi.

Bayramga ko’tarinki rux va ustozlarimizni tabriklash uchun O'zbekiston Davlat Konservatoriyasidan Komila Rustamova tashrif buyurib barchani raqs tushishga “majbur” etdi.

Yoqilg’i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti Talabalar teatr studiyasi jamoasi “Qirmiz Olma” nomli spektaklni sahnada jonlantirib berdilar.

Tadbir yakunida “SARVQOMAT DILBARIM” nomli film namoyish etildi.