TKTI HODIMLARINING VENGRIYAGA TASHRIFI

14.03.2019

Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlari: Ilmiy ishlar va Innovatsiyalar bo'yicha prorektor U.Turdialiyev, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Z.Babaxanova va Bijg’ish mahsulotlar va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi kafedrasining katta o'qituvchisi F. Rustambekova, 2019 yil 12-13 mart kunlari Budapesht shahrining Lorent Etvös (ELTE) universitetida tashkil etilgan  "Erasmus +" dasturining " UzDOC 2.0 “Oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’lim sifatini yaxshilash”  loyihasi doirasida seminar-treningda ishtirok etdilar.

 Seminar doirasida, TKTI, Qoraqalpoq davlat universiteti va O'zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda tayyorlangan doktorlik dasturi haqida tinglandi, bu esa Vengriya, Belgiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va O’zbekistonlik hamkorlarda katta qiziqish paydo qildi. Shuningdek, O'zbekistonda oliy o'quv yurtlar va institutlar o'rtasida hamkorlikda magistrlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi.