O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “IMPULS GROUP” jamoasi tashabbusi bilan biznes trening bo’lib o’tdi.

07.05.2019

Bugun tadbirkorlikga qiziquvchi yoshlar uchun "BIZNES NIMA?" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

 Treningni bir necha korxonalar raxbari Jo'rabek Abdirimov olib bordi.

Talabalarga biznesni boshlash yo'llari, biznesga psixologik tayyorlov, biznes reja tuzish yo'llari haqida ma'lumotlar berdilar

Bundan tashqari "Yoshlar-kelajagimiz" davlat dasturi, 7%,8%,15%lik kreditlar to'g'risida ma'lumotlar berdilar.

Trening lektori trening yakunida barcha uchun qiziqarli bo'lgan taklifni berdilar.

O'zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo'llab quvvatlash markazida 2 oylik #BEPUL trening darslar mavjud ekanligini, bu darslar nafaqat ma'ruza ko'rinishida balki amaliy va ko'zga ko'ringan korxonalarda bo'lib o'tishini ma'lum qildilar.

Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti markaz bilan o'zaro kelishib, institutimiz talabalari uchun aloxida guruh ochilishiga kelishib olindi.