“Sport – mustahkam oilamiz poydevori”

08.05.2019

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli “YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston YOshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27 maydagi “O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli, shuningdek, Federatsiyaning jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalar, shuningdek, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashini va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining “2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan qo‘shma tadbirlar dasturi”  ijrosini ijrosini ta’minlash maqsadida maqsadida Toshkent kimyo texnologiya institutida “Kasaba uyushmasi” va “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi tomonidan 2019 yilning 3 may kunida  “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” nomli spartakiadani o‘tkazildi. Musobaqani Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Sh.A.Mutalov ochib berdi.

Musobaqaning 1- shart "Mohir hujumchi" deb ataldi va unda jamoalar 7 metrlik masofadan turib futbol to’pini darvozaga 3 marotaba yo’llashlariga imkon berildi.

2-sharti “Ovchilar va quyonlar” o‘yini bu sharda ovchilar quyonlarni nishonga olib ularga kaptokni tekazish orqali maydondan chiqarib yuborishdi.

3-shart "Qaddimizni rostlaymiz va sakrashni boshlaymiz" nomi ostida olib borilib, unda har bir qatnashchining 1 daqiqa ichida arqonda sakrashi imtihon qilindi

4-shart “Arqon tortish” nomi ostida olib borilib, unda har bir oila arqon tortishib bellashdilar. "Tezlik estafetasi"Arqon tortish, bahslari ham hayajonli daqiqalarga boy bo’ldi.

"Sog’lom oila" musobaqalarining yakunida g’olib oilaviy jamolar e'lon qilindi va 3-o’rinni Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi fakultetining A.Xasanovlar oilasi, 2-o’rinni Yoqilg’i organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining A.Xaydarovlar oilasi va 1-o’rinni Neorganik birikmalar kimyovit texnologiyasi fakultetining D.Zulyarovalar oilasi egallashdi. G’oliblar Toshkent kimyo-texnologiya institutining kasaba uyushmasi sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bu musobaqalar ota-onalar va farzandlar o’ratasida o’zaro hamjihatlik, ahillik rishtalarini mustahkamlash barobarida sog’lom turmush tarziga bo’lgan munosabatni shakllantirishiga ham zamin bo’la olishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, oilaviy jamoalar turli soha xodimlarini birlashtirib, ularning o’zaro do’stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda ham muhim o’rin tutadi.