TKTI O'QITUVCHILARI QOZOG’IZTON RESPUBLIKASIDA TASHKIL QILINGAN “YOSHLAR ILM-FAN RIVOJIN HARAKATLANTIRUVCHI KUCH” NOMLI XALQARO KONFERENSIYADA QATNASHDILAR

16.05.2019

    3 may 2019 yili “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti PhD Akramova Ra’no Ramziddinovna, assistentlar Fayzullayev A., Ashurmatova G., Oziq-ovqat xavfsizligi yо‘nalishi 40-16 guruh talabasi Li Vyacheslav Vladislavovich, Oziq-ovqat xavfsizligi yо‘nalishi 40-16 guruh talabasi Mirxasilov Mirsaid Madorbekovich, Yog‘-moy texnologiyasi yо‘nalishi 40-16 guruh talabasi Sodiqov Samandar Ibrohimjon о‘g‘li Qozog’izton Respublikasida tashkil qilingan “Yoshlar ilm-fan rivojin harakatlantiruvchi kuch” nomli xalqaro konferensiyada qatnashdilar.

Ushbu xalaqro konferensiya quyidagi sharafli tashkilotlar tomonidan tashkil qilindi:  "Silkway International Kazakhstan University", "Qozog'iston ta'lim vazirligi" Qozog'iston, Qozog'iston yoshlar uyushmasi, "Qozog'iston xalqlari uyushmasi",  "Qozog'iston xalqlari do'stligi" Qozog'iston H.Dusmuxamedov  Botanika davlat universiteti, N.Dobralyub Novgorod tilshunoslik universiteti Rossiya, O'zbekiston Milliy Universiteti.

Talabalarimiz bioyoqilgi’ni sanoatda qo’llanilishi xaqida nutq so'zlashdi.Talabalarimizning mavzusi juda dolzarbligi sababdan  juda qiziqarli bahslar bilan bo'lib o'tdi. Talabalarimiz ushbu tadbirga tashrif buyurganidan juda xursand bo'lishdi, ko'plab xorijiy tanishlar orttirdilar, tajriba almashishdi va kimyosanoati sohasida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Anjuman natijalariga ko'ra, ular esdalik sovg'alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Konferensiyalar natijalariga ko'ra, tashkilotchilar Chimkent shahrida qisqa mudattli aylanish uyushtirildilar.

Ushbu konferentsiyada Silkway instituti mutaxassislari bilan almashish va xalqaro anjumanlarni o'tkazish uchun institutlarimiz bilan hamkorlik qilishni taklif berildi.