TKTI da “Ochiq eshiklar” kuni.

30.05.2019

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Qabul 2019" tadbiri munosabati bilan 28-29 may kunlari Ochiq eshiklar kuni" oʼtkazildi. Tashrif buyurgan bitiruvchilarni Instutut rektori Mutalov Shuxrat Аhmadjanovich boshchiligidagi mutasaddilar oʼquvchilarga institutda 2019-2020-oʼquv yili uchun abiturientlar qabuliga tayyorgarlik, yangi ochilgan mutaxassislik va yoʼnalishlar toʼgʼrisida maʼlumot berdilar. Institutda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, faoliyat yuritayotgan markaz va laboratoriyalar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti xayoti va faoliyati xaqida videorolik namoyish etildi.