“Menejment va kasb taʼlimi” fakulьtetida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Mutalov Shuxrat Аxmadjonovich va 3-kurs talabalari oʼrtasida maqsadli amaliyotga yuborish hamda dastlabki ishga joylashish istiqbol rejalari mavzularida uchrashuv boʼlib oʼtdi

30.05.2019

Ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish” boʼyicha fikr mulohazalar yuritildi. Sh.А.Mutalov har bir talaba bilan individual tarzda muloqotda boʼlib, uning istiqbolli rejalari bilan tanishib chiqish barobarida oʼz fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib oʼtdi. Jumladan, Joriy yildan BGTU bilan 1+1 formulasi boʼyicha hamkorlikdagi faoliyat yoʼlga qoʼyilganligi, yaʼni magistrant bir yil TKTI da tahsil olsa, bir yil BGTUda tahsil oladi va qoʼsh magistrlik diplomiga ega boʼladi. 2019-2020 oʼquv yilidan boshlab Mendeleev nomidagi RKRU filiali TKTI qoshida ochilayotganligi, TKTI ning Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahrida kimyo texnologiya yoʼnalishi boʼyicha va Sirdaryo viloyatida oziq- ovqat yoʼnalishi boʼyicha filiallari ochilayotganligini aytib oʼtdi. Endilikda kimyo- texnologiya yoʼnalishini tamomlagan bitiruvchioziq- ovqat yoʼnalishi boʼyicha yoki aksincha, oziq- ovqat yoʼnalishini tamomlagan bitiruvchi kimyo- texnologiya yoʼnalishi boʼyicha magistraturada tahsil olishi mumkinligi haqida ham maʼlumot berib oʼtdi. Аsosiysi, joriy yildan magistraturaga qabul kvotalari 20% ga yetkazilganligi ham quvonarli holdir.Talabalar ham oʼzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar. Yigʼilish qizgʼin muhokamalarga boy boʼldi.