TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI Talabalar turar joyi talaba-yoshlari oʼrtasida “Talaba yoshlar va sport” tadbiri oʼtkazildi.

10.06.2019

2019 yilning 8 iyunь kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulьteti sport zalida “Talaba yoshlar va sport” tadbirida institut Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor X.L.Pulatov, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri Ya.Ergashev va oʼqituvchilari, TTJ tarbiyachi pedagoglari S.T.Mirzaeva, А.Sh.Umarov, TTJ mudirasi M.Bayjanova, Talabalar kengashi raisi I.Yusupov, TTJ talabalari, jami 200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
 Bugungi kunda prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati dolzarb mavzu boʼlib qolmoqda. Shu yoʼsinda talaba-yoshlar oʼrtasida sportning oʼrni qanchalik ahamiyatli ekanligini institut prorektori X.Poʼlatov taʼkidlab oʼtdi va tadbirni ochib berdi. 
Talabalar turar joyining talaba yoshlari oʼrtasida volebol, stol tennisi, shashka va shaxmat sport turlaridan musobaqa shiddatli tus oldi. Ushbu musobaqada sport turlari boʼyicha yigit va qizlar oʼrtasida gʼoliblar aniqlandi. Sport turining stol tennisi boʼyicha D.Choriev, qizlar oʼrtasida Maxamatvalieva Sh. 1-oʼrin, volebol turi boʼyicha 2-bino 4- qavat yigitlari, qizlar oʼrtasida 
2-bino 1-qavat qizlari gʼoliblikni qoʼlga kiritdilar va institut raxbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar