Henan Huatai Cereals And Oils Machinery Co. kompaniyasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o’rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

11.06.2019

11 iyun 2019 yil Henan Huatai Cereals And Oils Machinery Co. (Xitoy Xalq Respublikasi)  kompaniyasi Boshqaruv Raisi professori Zi Peng Yang Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrifi davomida ushbu korxona va TKTI o’rtasida o’zaro anglashuv Hamkorlik Memorandumi imzoladi.

Henan Huatai Cereals And Oils Machinery Co. kompaniyasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o’rtasida o’zaro anglashuv Hamkorlik Memorandumi imzolanishi,

11.06. 2019

Davra suhbati davomida TKTIrektori prof. Sh.A. Mutalov va Boshqaruv Raisi prof. Zi Peng Yang oziq-ovqat texnologiyalari soxasida, xamda oziq-ovqat ishlab chiqarish uskunalari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha qo’shma Markazni tashkil etish, talaba, professor-o’qituvchilar, oziq-ovqat kompaniyalari va sanoat korxonalari xodimlari uchun stajirovka va amaliyotlarni Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Henan Huatai Cereals And Oils Machinery Co. kompaniyasi Xitoyning Henan provintsiyasida joylashgan bo’lib, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, ayniqsa, donni qayta ishlash va yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallaydi.

Henan Huatai Cereals And Oils Machinery Co. kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida , oziq-ovqat texnologiyasi, mashinasozlik, kimyo muhandislik va boshqa sohalarda iqtidorli talabalar va o'qituvchilarni qo’llab-quvvatlaydi; hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-texnikaviy anjumanlar tashkil etish, doktorant, magistrant va talabalar almashinuvini yo’lga qoyish, o'quvchilar, professor-o’qituvchilarni, kompaniya va ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlar olib borish ko’zda tutilgan.

 

 

TKTI Xalqaro hamkorlik bolimi