"OQ YO'L SIZGA, AZIZ YOSHLAR!!!"

24.07.2019

17 iyul kuni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida  "OQ YO'L SIZGA, AZIZ YOSHLAR" deb nomlangan bitiruvchi magistrlarga diplomlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir institutimiz rektorining bitiruvchilarga yo'llagan tabrigi bilan boshlandi.

Tadbirga O'zbek davlat akademik drama teatri aktrisalari tashrif buyurishdi.Sevimli aktrislarimiz bitiruvchi magistrlarni voyaga yetkazgan ota-onalariga institut raxbariyatining tashakkurnomalarini topshirdilar.

Tadbirga “О‘zsharobsanoat” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mustafoyev Otabek Sodiqovich tashrif buyurdi.Otabek Sodiqovich bitiruvchilarga tabrik yo'llab, ularga magistrlik diplomlarini topshirdilar.

Shuningdek taqdirlash marosimiga institutimiz bitiruvchisi hozirda О‘zbekneftgaz AJ raisining birinchi о‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritayotgan Saidov Ulug‘bek Xusanovich tashrif buyurdi va magistrlarga diplomlarni topshirish marosimida ishtirok etdi.

Bundan tashqari bitiruvchilarga barchamiz uchun aziz va sevimli bo'lgan ustozlarimiz Magrupov Farxod Asadullayevich, Otamurodov Sa’dulla Otamurodovich, professor Raxmonberdiyev G‘affor Raxmonberdiyevichĺar magistrlik diplomlarini topshirdilar.

Tadbirda D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya instituti rektori Aleksandr Georgievich Majuka kutilmagan mehmon sifatida tashrif buyurdi.Barcha magistrlarga tabrik yo'llab, ularga magistrlik diplomlarini topshirdi.