5 YILLIK STAJGA EGA XODIMLAR TAVSIYA ASOSIDA TEST SINOVLARISIZ TALABALIKKA QABUL QILINADI

16.08.2019

 Bu yildan boshlab Davlat qabul komissiyasining qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Joriy yilning 20 avgustiga qadar qabul komissiyasiga 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarini suhbat bilan o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanoma berish vakolati berilgan:

-O’zkimyosanoat AJ;

-O’zdonmahsulot AK;

-O’zeltexsanoat uyushmasi;

-O’zbekoziqovqatxolding AJ;

-O’zbekiston Respublikasi Yog’-moy sanoati korxonalari uyushmasi;

-O’zbekoziqovqatzaxira;

-O’zstandart agentligi;

-Mikrokredit bank;

-O’zsanoat qurilish materillari;

-Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ;

-Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish Vazirligi;

-O’zagrokimyoximoya AJ;

-O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish qo’mitasi;

 -O’zneftqazibchiqarish AJ tashkilotlari tomonidan tavsiyanomaga ega bo’lgan 108 ta abiturientlarning arizalari qabul qilingan edi.

 15 avgust kuni qabul komissiyasiga xujjat topshirgan abiturientlar uchun suhbat jarayoni tashkil etildi.

Suxbatni jarayonida abiturientlarni institutimiz rektori Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Safarov Toir Tursunovich, fakultet dekanlari, vazirlik,idora, tashkolot va korxonalar raxbarlari sinovdan o’tkazdilar.