Chungnam Milliy universiteti vakillarining Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrifi

16.08.2019

2019 yilning 14 avgust kuni Koreyaning Chungnam Milliy universitetining vitse-prezidenti – professor Rhee Young Woo hamda professorlar Kwang Bok Yi va Сho Jeong Yoon, yetakchi mutaxass Lee Myungsuk lardan iborat delegatsiya Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif  buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari institutda о‘qitilayotgan bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, kafedralarda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar, fakultet laboratoriya va auditoriya xonalari bilan Koreya xamkorlari batafsil tanishdilar.

Suhbat davomida Chungnam Milliy universiteti vakillari kimyo texnologiyasi bо‘yicha universitetlararo tvinning-dasturlar, qо‘shma dasturlar asosida о‘qitishni yо‘lga qо‘yish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.

Hozirgi vaqtda О‘zbekistonda neft-gaz sanoati sohasida xom ashyo zaxiralarini taxlil qilish va baholash dolzarb masala hisoblanadi. Institutimizning mutaxassislik kafedralari, jumladan  «Neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi “О‘zbekneftgaz” AJ, xodimlari bilan birgalikda bu sohada tadqiqot ishlarini olib boradi.

Delegatsiya a’zolari О‘zbekistondagi neft-gaz va uni qayta ishlash kimyosi bо‘yicha muxandis kimyogarlarni tayorlash dasturini qay tarzda yо‘lga qо‘yilganligi bilan qiziqdilar hamda TKTIning «Neft-gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi faoliyati, shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Koreya xamkorlari bilan uchrashuvlar bu sohada kelajakda ilmiy-tadqiqot va о‘quv-uslubiy xamkorlikni yо‘lga qо‘yishga keng imkoniyatlar beradi.