Toshkent kimyo-texnologiya institutida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi va yangi 2019-2020 o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan“JONAJON O’ZBEKISTONIM MANGU BO’L OMON” deb nomlangan tantanali tadbiri bo’lib o'tdi.

04.09.2019

Bugun Toshkent kimyo-texnolohgiya institutida o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut o‘qituvchilari, hodimlar, talabalar bilan birga, elimiz ardog’idagi sanatkorlar, ishlab chiqarish korxonasidan vakillar ishtirok etishdi.

Joriy yilda universitetimizning kunduzgi bo‘limiga 865 nafardan ziyod baxtiyor yoshlar talabalikka qabul qilindi.

Tantanali yig‘ilishda so‘z olgan universitet rektori Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich barcha ilm ahlini yangi o‘quv yili bilan qutlab, butun universitet jamoasi va talabalariga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning ilm olishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, Respublikamizdagi ishlab chiqaruvchi korxonlarga kadrlarni tayyorlash sohasidagi ehtiyojni qondirishga hamda yoshlarni ma'naviy dunyoqarashi va ma'rifiy tafakkurini yanada yuksaltirish bilan bog‘liq ishlarni maqsadli tashkil etishga xizmat qiladigan nufuzli oliy ta'lim dargohi bo‘lishini ta'kidlab o‘tishdi.

O'zbekiston xalq artisti Hamid Toshpo'latov

 

O'zKimyoSanoat raisi Temirov Odil Shukurovich

 

Tadbirdan so’ng institut rektori Sh.Mutalov boshchiligida o‘quv xonalarida mustaqillik darslari boshlandi va shunday yuqori kayfiyatda 2019-2020 – o‘quv yili start oldi.

TKTI rektori Mutalov Shuxrat Ahmadjonovich