«Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti 2019/2020 o‘quv yilini yangi binoda boshladi

09.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi «Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 3573 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo texnologiya institut tarkibida «Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti tashkil etilgan.

Fakultetda bugungu kunda 450 ta bakalavr, 35 ta magistrant talabalar tahsil olmoqda. Ushbu fakultetda Uzumchilik va uzumni qayta ishlash texnologiyasi, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi kabi yangi yo’nalishalar bo’lib, talabalarga malakali mutaxassislar va professor-o’qituvchilar tamonidan yuqori darajada zamonaviy bilimlar berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ 4162 son qarorining 13-bandida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 avgustdagi 87-02-1795-sonli xatiga asosan, institutning «Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti Sirg‘ali tumani, 2-massiv, Lutfikor ko‘chasi 64a-uy manzilida joylashgan Sergeli sanoat kasb-hunar kolleji binosiga joylashtirildi.

«Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti 2019/2020 o‘quv yilini yangi binoda boshlashi munosabati bilan joriy yilning 7 sentyabr sanasida fakultet binosida ehson dasturxoni yozildi.

Ehson dasturxoniga institut professor-o‘qituvchilari, fahriylari, fakultet talabalari, masjid imom-xatibi, mahalla faollari hamda uchustka noziri taklif etildi.

Mehmonlar fakultet yangi binosi, mavjud imkoniyatlar, bajarilgan ishlar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan masalalar bilan tanishtirildi.